35
Shols va Sunak Ukrainadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi
Germaniya kansleri va Buyuk Britaniya bosh vaziri Ukrainadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda Olaf Shols o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"London va Berlin Rossiya Federasiyasi boshlagan urushda Ukrainani sezilarli va barqaror qo‘llab-quvvatlashda davom etishlari kerak", — deya ta’kidlagan Shols.
Ikki davlat hukumat rahbarlari o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tganligini Buyuk Britaniya bosh vazirining idorasi ham tasdiqladi. Xabarda aytilishicha, Rishi Sunak Sholsga Kiyevga harbiy yordam sifatida kamida 2,5 milliard funt sterling (taxminan 2,9 milliard yevro) ajratilishi haqida ma’lum qilgan.
Bosh vazir va kansler, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohasida "kengroq hamkorlik", Yaqin Sharqdagi mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va Yevropadagi migrasiya inqirozini muhokama qildi.
Avvalroq Germaniya hukumati matbuot xizmati Berlin 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordam miqdorini deyarli ikki baravar oshirib, 7 milliard yevroga yetkazishini ma’lum qilgandi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring