27
Germaniya shaharlarida o‘ng ekstremizmga qarshi namoyishlar davom etmoqda
Kuni kecha Germaniyaning bir qator shaharlarida o‘ta o‘ng partiyalar faoliyatiga qarshi bir necha mitinglar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Apnews.com yozdi.
Rostok, Itsexo va Gota shaharlarida minglab namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Eng yirik mitinglar Germaniya shimolida – Meklenburg-Pomeraniya va Shlezvig-Golshteynda qayd etilgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Itsexoda 4000 ga yaqin odam namoyishga chiqqan. Rostokda 3,2 ming kishi yig‘ildi.
Bu noroziliklarga 2023 yilning noyabr oyida Potsdamda o‘tgan radikal o‘ng siyosatchilar yig‘ilishi sabab bo‘lgan. U yerda siyosatchilar muhojirlik masalasini ko‘tardilar. Unga ko‘ra, Germaniyada yashovchi xorijiy fuqarolarning aksariyati mamlakatni tark etishi kerak.
Bu taklif nemis jamiyatida katta rezonans tug‘dirdi va mamlakatda mitinglar to‘lqiniga sabab bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring