27
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining arxitektura va tamoyillari kelishib olindi
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining arxitektura va tamoyillari kelishib olindi, Yerevanda bu hujjatni imzolash uchun siyosiy iroda bor. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xabar berdi.
"Aslida, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining arxitekturasi va tamoyillari kelishib bo‘lingan, o‘tgan yil oxiridayoq biz shartnoma matnini yakunlashga juda yaqin edik", — deya ma’lum qildi Pashinyan The Telegraph nashriga intervyusida.
"Ozarboyjon uch marta turli formatdagi muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgan, bundan keyin mamlakatda Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi belgilandi. Biz hozir shu nuqtada turibmiz va o‘ylaymanki, prezidentlik saylovidan keyin (Ozarboyjonda) siyosiy iroda mavjud bo‘lsa, kelishuvni amalga oshirishga erisha olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Pashinyan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring