Rossiya va KXDR Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pxenyanga tashrifini muvofiqlashtirmoqda. Taklifni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrifi chog‘ida yetkazgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo birinchi departamenti direktori Ivan Jelohovsev gapirdi.
“Ma’lumki, 2023 yil sentyabr oyida «Vostochniy» kosmodromida bo‘lib o‘tgan sammit chog‘ida KXDR davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In Rossiya prezidentini Pxenyanga tashrif buyurishni taklif qilgan edi. Bu taklifni KXDR tashqi ishlar vaziri Choy Song Xui yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifi chog‘ida tasdiqladi. Tashrifning aniq sanalari diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi”, dedi u.
Bu sana kelishib olinmagan, avvalroq Kreml matbuot kotibi Peskov Putin mart oyi oxirigacha Pxenyanga bormasligini aytgan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring