+19° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
20-01-2024, 16:19
99

Bayden Netanyaxuga G‘azodagi tinch aholini himoya qilish haqida eslatdi




AQSh prezidenti Jo Bayden Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilish mas’uliyati Isroil zimmasiga yuklanganini aytdi.

Oq uy bayonotiga ko‘ra, Bayden va Netanyaxu telefon suhbatida G‘azo sektoridagi so‘nggi vaziyatni muhokama qilgan.

Bayden, G‘azoda ko‘proq maqsadli operasiyalarga o‘tish mintaqaga gumanitar yordam yetkazilishini osonlashtirishini ta’kidladi.

Oq uy rahbari Isroilning G‘azo sektoridagi begunoh tinch aholining XAMASga qarshi amaliyotlar davom etayotganda zarar ko‘rmasligi uchun javobgarligini eslatib, mintaqaga qo‘shimcha oziq-ovqat yordami yetkazish masalasini ham ko‘tardi.
Top.Mail.Ru Анализ сайта