27
AQSh ma’muriyati isroillik harbiylarga qarshi sanksiyalar joriy etishga hozirlik ko‘rmoqda
AQSh ma’muriyati ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda xizmat qilayotgan isroillik harbiy xizmatchilarga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda.
Isroil davlat televideniyasi KANning aytishicha, AQSh ma’muriyati Isroilni ko‘chmanchilarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligidan bir necha bor ogohlantirgan, ammo Tel-Aviv ma’muriyatining javobi adekvat bo‘lmagan.
Xabarda, Qo‘shma Shtatlar G‘arbiy Sohildagi ko‘chmanchilar zo‘ravonligi bilan bog‘liq savol va talablariga 60 kun ichida Isroildan javob ololmasa, Isroil armiyasi a’zolari, jumladan, oddiy askar va qo‘mondonlarga qarshi sanksiyalar joriy etishi qayd etilgan.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Bayden ma’muriyatining tahdidlarini jiddiy qabul qilmoqda va sanksiyalar armiya rasmiylari, parlament a’zolari va vazirlarga ham tegishli bo‘lishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
AQSh Davlat departamenti 1 fevral kuni e’lon qilgan bayonotda, bosib olingan G‘arbiy Sohildagi to‘rt ekstremistik yahudiy ko‘chmanchiga «zo‘ravonlik harakatlarida qatnashgani» va «falastinliklarni o‘ldirgani» uchun sanksiya qo‘yilgani aytilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring