+15° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
20-01-2024, 15:13
32

Ford talabning zaiflashishi fonida F-150 elektromobillarini ishlab chiqarishni qisqartiradi

Amerikaning Ford Motor kompaniyasi F-150 Lightning elektromobillariga talabning susayishi munosabati bilan ishlab chiqarishni qisqartirishga qaror qildi.

Bu haqda The Wall Street Journal kompaniya bayonotiga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, kompaniya elektromobillari uchun ishlab chiqarish, sotish va daromadlarni muvozanatlashni rejalashtirgan.

Ford bu yil F-150 savdosining o‘sishi sekinlashishini kutmoqda.

Qayd etilishicha, kompaniyaning ushbu qarori fonida Dirborn shahridagi elektromobillar ishlab chiqaradigan Ford Motor zavodi aprel oyidan boshlab bir smenada ishlashga o‘tadi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта