28
Berbok: SAXALning Rafahga hujumi gumanitar falokatga aylanishi mumkin
Germaniya tashqi ishlar vaziri Isroilni Rafahga hujum qilishdan ogohlantirib, "G‘azodagi odamlar ko‘kka sovurilmasligiga" ishora qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda "1,3 million odam juda cheklangan maydonda jangovar harakatlardan yashirinishga harakat qilmoqda".
Berbok Isroilning himoyalanish huquqini yana bir bor ta’kidladi, biroq mamlakat G‘azo sektoridagi "tinch aholining azob-uqubatlarini imkon qadar yengillashtirishi" kerakligini va mintaqada o‘t ochishni to‘xtatishni davom ettirish zarurligini aytdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring