29
Fuqarolarga boshliqlarning qo‘ng‘iroqlariga javob bermaslikka ruxsat berilishi mumkin
Avstraliya parlamenti ishchilarga jarimadan qo‘rqmasdan ish soatlaridan keyin boshliqlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlariga e’tibor bermaslik huquqini beruvchi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, ushbu talabni buzgan ish beruvchi jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mehnat vaziri Toni Burkning aytishicha, hozirda senatorlarning aksariyati qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Rasmiy ta’kidlaganidek, ushbu yangilik tufayli xodimlar endi amalda maoshsiz ortiqcha ishlamaydi.
Hukumatga ko‘ra, bunday huquqiy norma ishchilarning huquqlarini himoya qiladi va shaxsiy hayot hamda ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam beradi.
“Bizning qayd etishimizga ko‘ra, 24 soat ishlagani uchun maosh ololmagan odam ishdan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermagani uchun jazolanmasligi kerak”, – degan Bosh vazir Entoni Albaneze.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring