Gazeta yozishicha, bunga Yaqin Sharqda keskinlik xavfi oshishi, Ukraina ziddiyati kuchayishi ehtimoli hamda Xitoy zamonaviy qurollar yaratayotgani va Tayvanni bosib olishga urinishi sabab bo‘lmoqda. Ayni dam harbiy razvedka juda kuchli bosim bilan ishlamoqda. Mamlakatda vazirlar tez-tez almashishi ham razvedka tizimi faoliyatida alohida muammo keltirib chiqarmoqda. Masalan, 2019 yil oxiridan buyon Buyuk Britaniyada Bosh vazir uch, tashqi ishlar vaziri to‘rt, mudofaa vaziri ikki marta almashdi. Qolaversa, yangi rahbarlar xalqaro yoki harbiy ishda yetarli tajribaga ega bo‘lmasligi mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring