27
Putinning Taker Karlson bilan intervyusiga Yevropa Ittifoqining munosabati ma’lum bo‘ldi
"Putin o‘z intervyusida yaxshi ma’lum bo‘lgan yolg‘on va manipulyasiyalarni takrorladi", — deya munosabat bildirdi Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosati rahbari matbuot kotibi Nabila Massrali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin yana bir bor G‘arbga nisbatan dushmanligini namoyish qilgan va tinchlik sari qadam tashlashdan manfaatdor emasligini ochiq-oydin ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Massrali Karlsonni Putinga manipulyasiya va propaganda uchun platforma taklif qilganini tanqid qilgan.
Shuningdek, Ukraina razvedkasi ham Putinning mazkur intervyusiga munosabat bildirdi.
"Albatta, bu ta’sir o‘tkazish vositasi. Chunki bu intervyuning maqsadli auditoriyasi G‘arbning erkin dunyosi", — dedi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov.
"Putin qaysi xalqlar mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligini hal qiluvchi geosiyosiy telba", — deya qo‘shimcha qildi Yusov.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring