29
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi iqtisodiyotiga juda muhim hissa qo‘shdi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Rossiya gazining yetkazib berilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga juda muhim hissa bo‘lib qo‘shilganini va vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qilganini aytdi, deb yozadi «TASS».
«Ha, Rossiya gazi yetib keldi va bu O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini barqarorlashtirishga qo‘shilayotgan salmoqli hissadir. O‘tgan yili bu yerda biroz sovuq va ayozli edi, lekin bu yil biz hech qanday muammosiz o‘tdik. Endi uzoqroq muddatga va yetkazib berishni ma’lum darajada oshirish bilan istiqbolli shartnoma tuzish haqida gap ketmoqda», — dedi u.
Diplomat ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik faqat energetika sohasi bilan cheklanib qolmasligini ta’kidladi. Ayni paytda o‘nlab qo‘shma loyihalar ustida ish olib borilmoqda, 2023 yil yakuniga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi qariyb o‘n milliard dollarga yetdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring