– Konstitusiya sudi shaxsning erkin rivojlanishi har bir insonga o‘z hayoti loyihasini o‘zi qurish huquqi berilishi shartligini nazarda tutadi, –deyiladi qarorda. – Har bir odam erkin qaror qabul qilishi, jumladan bedavo xastalikka duchor bo‘lganda chekayotgan azobiga nuqta qo‘yish usulini ham o‘zi erkin tanlashi kerak.
Sud jinoyat kodeksining qotillik uchun qamoq jazosi belgilangan 144-moddasini evtanaziyani amalga oshirgan shifokorga nisbatan qo‘llash mumkin emas, degan to‘xtamga keldi. Endi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy ichida evtanaziyani amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi kerak, inson huquqini himoya qilish vakolatiga ega idoralar esa yarim yillik muddatda tegishli qonunni tayyorlashi lozim. So‘ngra ushbu loyiha assambleyada ko‘rib chiqiladi.
“Primicias” gazetasi yozishicha, sud qarori amiotrofik lateral sklerozdan aziyat chekayotgan Paola Roldan so‘roviga javob sifatida qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, ayol tanasining 95 foizi falaj holatda, maxsus apparat orqali o‘pkasiga sun’iy nafas yuborib turilgani uchungina yashab kelgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring