28
Isroil garovga olinganlarning 31 nafari halok bo‘lganini tasdiqladi
Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) HAMAS asirligida qolgan 136 kishidan 31 nafari halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda SAHAL spikeri Daniel Hagariy ma’lumot berdi.
Bir kun avval The New York Times Isroil razvedkasiga tayanib, garovga olingan 32 nafar isroillikning o‘limi haqida yozgan edi. Ularning 30 nafari 7 oktyabrda boshlangan HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush paytida, 2 nafari esa 2014 yilda, avvalgi mojaro paytida halok bo‘lgan va shundan beri ularning jasadi G‘azo sektorida saqlanmoqda.
Hagariyning aniqlik kiritishicha, hozirgacha garovga olingan 29 nafar isroillik va 2014 yilda o‘g‘irlab ketilgan ikki askar o‘limi tasdiqlangan, ularning oilasi bundan xabardor qilingan.
Isroil razvedkasining hali tasdiqlanmagan ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS asirligida yana kamida 20 nafar isroillik o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, tirik qolganlar 80 ga yaqin ekani taxmin qilinmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring