+30° Kechasi +17°
Andijon (Bugun, 3 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 900.00 so'm (-20.16 so'mga)
157.32 so'm (-1.29 so'mga)
14 595.06 so'm (-86.12 so'mga)
08-02-2024, 23:01
42

Jazoirda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jazoir harbiy-havo kuchlarining harbiy vertolyoti mamlakatning markaziy qismida qulab tushishi oqibatida ekipajning uch a’zosi halok bo‘ldi.

Bu haqda Jazoirning APS axborot agentligi prezident idorasi bayonotiga tayanib xabar berdi.

“2024 yilning 7 fevral kuni kechqurun rejalashtirilgan tungi mashg‘ulotlar chog‘ida harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy vertolyot Al-Maniya aeroporti chekkasida qulab tushdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mamlakat prezidenti Abdulmajid Tebbun halok bo‘lgan uchuvchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Hozirda voqea sabablarini o‘rganish boshlangan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта