27
Afg‘oniston elektr energiyasi bo‘yicha O‘zbekistondan qarzini uzdi
Afg‘oniston hukumati qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan elektr energiyasi importi bo‘yicha qarzlarni to‘liq to‘ladi. Bu haqda mahalliy energetika kompaniyasi vakili Hikmatulloh Mayvandiy ma’lumot berdi.
Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi xodimining aniqlik kiritishicha, qarz ikki yildan beri to‘planib qolgan edi.
Kobul barcha hamkor davlatlarga jami 627 million dollar to‘lagan.
Mayvandiy so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi uchun qarzning bir qismi Ashraf G‘aniy boshchiligidagi avvalgi hukumatdan qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Afg‘onistonga 91 million dollarga 1,82 milliard kVt•soat elektr energiya eksport qilgan.
2024 yil 1 fevral holatiga ko‘ra Kobulning qarzi 1,24 million dollarni tashkil qilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring