+34° Kechasi +16°
Andijon (Bugun, 4 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 900.00 so'm (-20.16 so'mga)
157.32 so'm (-1.29 so'mga)
14 595.06 so'm (-86.12 so'mga)
08-02-2024, 21:15
41

Vashington Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning boshqa yo‘llarini muhokama qilmoqda

Ukrainaga yordam ko‘rsatishni moliyalashtirishni muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklar tufayli Vashington Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning boshqa yo‘llarini muhokama qilmoqda, deb yozmoqda NYT.

Qo‘shma Shtatlar Yevropa davlatlarini Amerika qurollari uchun pul to‘lashga undash va ularni Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Yana bir variant - qurol almashish amaliyotini davom ettirish. Bunda Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni istamagan uchinchi davlatlar ularni Vashingtonga topshirishi evaziga kompensasiya sifatida AQShning zamonaviy qurol-yarog‘laridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu sxema allaqachon Yaponiya va Janubiy Koreya bilan ishlamoqda.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта