+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
08-02-2024, 21:07
33

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlaydi

Ukrainadagi keng ko‘lamli urush tufayli Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga yuzlandi. Mintaqa foydali qazilmalarga boy va Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqish imkonini ham beradi. Yevroittifoqning mintaqa davlatlari bilan munosabatlariga oid yaqinda qabul qilgan rezolyusiyasi Qozog‘istonning yetakchi rolini ta’kidlaydi, deyiladi The Geopolitics saytidagi maqolada.

Evropa Ittifoqi uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyoga juda olis mintaqa sifatida qaraydi, biroq Ukraina inqirozi tufayli o‘z siyosatini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

Mintaqa davlatlari o‘z navbatida Rossiya ta’siri va G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish o‘rtasida muvozanatni saqlashmoqda. Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng, mahalliy biznes sanksiyalar shartlariga moslashishga majbur bo‘ldi. Urushdan oldin Yevropa Ittifoqi mintaqa davlatlarining asosiy savdo hamkori hisoblanmasdi, hozir esa vaziyat tez o‘zgarmoqda.

Katta ehtimol bilan qisqa muddatda Yevropa Ittifoqi global inqirozning chuqurlashishi fonida Markaziy Osiyo mintaqasi bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytiradi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта