+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
08-02-2024, 15:47
27

Amerikalik shaxs bir guruh musulmonlarga pichoq bilan hujum qildi

Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) AQSh huquq-tartibot idoralarini Texasning Ostin shahrida Falastinni qo‘llab‑quvvatlab o‘tkazilgan namoyishdan qaytayotgan yosh amerikalik musulmonlarga hujum qilgan Bert Jeyms Beykerga nisbatan nafrat bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblov qo‘yishga chaqirdi, deya yozmoqda AzonGlobal.

IslamNews nashrining Middle East Monitor saytiga tayanib xabar berishicha, 4 fevral kuni to‘rt nafar amerikalik musulmon Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi mitingdan uyga qaytayotganda, Beyker ulardan falastinliklarning kufiya bosh kiyimi va “Falastinga ozodlik” yozuvi tushirilgan bayroqni tortib olmoqchi bo‘lgan.

Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, Beyker odobsiz haqoratlar bilan baqirgan, so‘ng mashina yo‘lovchilariga jismoniy hujum qilgan. Hujum chog‘ida u pichoqni chiqarib, yigitlardan birining ko‘kragiga sanchgan va qovurg‘asini sindirgan. Pichoq jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan musulmon yigitning hayotiga hozirda hech qanday xavf yo‘q.

“Biz ushbu ochiq nafrat harakatini keskin qoralaymiz. Hech kim mashinasida Falastin ramzi tushirilgan buyumlar bo‘lgani uchun nishonga olinmasligi kerak. Falastinga qarshi irqchilik va islomofobiyaga Texasda ham, mamlakatning hech bir joyida o‘rin yo‘q”, ‑ dedi Dallasdagi CAIR direktori Mustafa Kerroll.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта