U va ikki tansoqchisi amerikaliklar droni zarbasiga uchragan mashinada bo‘lishgan, ularning uchalasi ham halok bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Pentagondagilar Abu Bakir al-Sa’diy mintaqadagi amerikalik harbiylarga hujumlarni tashkillashtirishga mas’ul bo‘lganini bildirgan.
AQSh Iroqdagi o‘zi terrorchi sanaydigan mazkur «Kataib Hizbulloh» guruhini amerikaliklarning Iordaniyadagi bazasiga hujumda ham ayblagan, yanvar oyi oxiridagi hujum oqibatida amerikalik uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgandi.
AQShning Iroqqa bostirib kirishidan keyin tuzilgan «Kataib Hizbulloh» shia guruhi Eronning so‘nggi vaqtlarda amerikaliklarning mintaqadagi bazalariga hujumlar uyushtirayotgan ittifoqchilari orasida eng asosiylaridan biri sanaladi.
AQSh bayonotiga ko‘ra, «Kataib Hizbulloh» Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan yaqin aloqa o‘rnatgan va bir necha bor Eronning yordami va ko‘magi bilan koalisiya kuchlariga hujumlar uyushtirgan.
Yanvar oyida, amerikaliklarning Iordaniyadagi bazasiga hujumdan keyin, «Kataib Hizbulloh» Iroq hukumatini noqulay ahvolga solib qo‘ymaslik uchun Amerika qo‘shinlariga hujum qilishni to‘xtatishini e’lon qilgandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring