Atmosfera jabhalari Qozog‘istonda yaqin uch kun ichida, 8-10 fevral kunlari noqulay ob-havoni shakllantirishda davom etmoqda. Bu haqda “Qazgidromet” sinoptiklari ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.
“Yaqin kunlarda Qozog‘iston navbatdagi Atlantika sikloni bilan bog‘liq bo‘lgan atmosfera jabhalarining ta’sirini his qiladi”, - deyiladi “Qazgidromet” xabarida.
Havoning bulutli va shamolli bo‘lishi kutilmoqda, respublika shimolida shamolning tezligi 23-28 m/s gacha, vaqti-vaqti bilan 30 m/s gacha kuchayadi, yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Shimoliy hududlarda kuchli qor va bo‘ronlar kutilmoqda, bundan tashqari, siklon qisqa muddatli ilishni keltirib chiqaradi, bu esa sovuqning keskin kuchayishi bilan almashtiriladi.
“Mamlakatning g‘arbiy va shimoli-g‘arbida 10 fevralga yaqin havo haroratining kechasi 12-20 darajagacha sovushi kutiladi”, — deya qo‘shimcha qildi departament matbuot xizmati.
Respublikaning qolgan hududlarida harorat fonida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring