+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
08-02-2024, 14:29
26

Bombalar ostidagi G‘azo: 123‑kunning asosiy voqealari

AzonGlobal nashri Isroil tomonidan G‘azo sektorida qatliom boshlanganiga 123 kun bo‘ldi. O‘tgan kunning asosiy voqealari dayjestini e’lon qildi.

▪ 24 soat davomida bosqinchi Isroil G‘azo sektoridagi Rafaksi (bu yerda bir milliondan ortiq qochqinlar bor), Xon Yunis va shimoliy hududlariga shafqatsiz zarbalar berdi. Kun davomida bosqinchilar 13 ta qirg‘in sodir etdi, 113 kishi halok bo‘lgan, 205 kishi yaralangan.

▪ 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azodagi hujumlarida 27 478 kishi, asosan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, 66 835 falastinlik yaralandi.

▪ YUNISEF: Rafax shahrining yo‘l va ko‘chalarida 1,3 millionga yaqin aholi, jumladan, 610 mingga yaqin bolalar yashamoqda.

▪ JSST: G‘azo shimolidagi Ahli kasalxonasi, uning atrofida janglar kuchayganligi sababli Shifa kasalxonasining ahvoli yomonlashganidan so‘ng yaradorlar oqimini qabul qildi. Ahli kasalxonasi xodimlari holdan toygan, bemorlar vaqtinchalik xonalarda davolanmoqda.

▪ Bosqinchilar G‘azo shimolida gumanitar yordam uchun navbatda kutayotgan falastinliklarga o‘q uzdilar.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта