+34° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 4 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 900.00 so'm (-20.16 so'mga)
157.32 so'm (-1.29 so'mga)
14 595.06 so'm (-86.12 so'mga)
08-02-2024, 14:26
46

Boris Nadejdin prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olinmadi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Boris Nadejdinni mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olmadi.

“Boris Nadejdinni qo‘llab-quvvatlagan deyarli 105 ming imzodan 95 ming 587 imzo haqiqiy deb topildi va bu uning saylovda qatnashish uchun nomzodini ro‘yxatga olish imkonini bermaydi”, — deb xabar qildi MSK.

Boris Nadejdin urushga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan va Rossiya prezidentligi uchun kurashayotgan yagona siyosatchi edi. Uning nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun 100 va 105 ming imzo to‘plashi kerak edi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта