+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 13:52
25

Blinken: «Umrimning oxirigacha G‘azo sektorida o‘ldirilgan minglab bolalarni unutmayman»

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ikki tomonlama uchrashuvda Isroil armiyasining harakatlari tufayli G‘azo sektorida tinch aholi qurbonlari juda ko‘p bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Isroilning 13-kanal xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, Amerika diplomatiyasi rahbari «u umrining oxirigacha G‘azo sektorida o‘ldirilgan minglab bolalarni unutmasligini» aytgan.

Blinken, «7 oktyabrdagi hujumdan hayratda qolganini», lekin «shu bilan birga, G‘azoda XAMASga hech qanday aloqasi yo‘q minglab oilalar borligini» aytdi.

AQSh Davlat kotibi ham «tinch aholi qurbonlari uchun Xamas mas’ul», deb hisoblaydi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida u Isroil rasmiylari bilan uchrashuvlar chog‘ida G‘azo sektoridagi tinch aholining azob-uqubatlarini engillashtirish, anklavdagi tinch aholi himoyasini ta’minlash va mintaqaga insonparvarlik yordamini maksimal darajada oshirish masalalari muhokama qilinganini aytdi.

«2 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Yuz minglab odamlar o‘tkir ochlikni boshdan kechirmoqda. Ko‘pchilik yaqinlarini yo‘qotdi, har kuni ko‘proq odamlar o‘lmoqda», — dedi Blinken.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта