25
Shveysariya Xitoyni Ukrainada tinchlik o‘rnatishga yordam berishga taklif qildi
Shveysariya Pekin urushni tugatish va Ukrainada tinchlik o‘rnatishga yordam berishi uchun Xitoyni Ukraina tinchlik formulasi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi, deb yozadi Bloomberg.
Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyasio Kassis Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Iga tegishli taklif bilan murojaat qildi va bir necha kun ichida javob berilishi kutilmoqda.
Shveysariya prezidenti Viola Amherd avvalroq 2024 yilda tinchlik konferensiyasini o‘tkazishga chaqirgan, shu bilan birga, Rossiyaning bu tadbirda ishtirok etishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidlagan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring