27
Pokistonda saylov uchastkasiga qurolli hujum uyushtirildi, polisiyachi halok bo‘ldi
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida saylovlar chog‘ida saylov komissiyasi a’zolariga qurolli hujum uyushtirilgani oqibatida polisiyachi halok bo‘ldi.
Polisiyaning Anadolu agentligiga ma’lum qilishicha, Tank mintaqasidagi Kot A’zam tumanida noma’lum qurolli shaxslar saylov komissiyasi a’zolariga qarata o‘t ochgan.
Qurolli hujum natijasida bir polisiyachi halok bo‘ldi. Uchastkada ovoz berish vaqtincha to‘xtatildi.
Tank hududi Afg‘oniston bilan chegaradosh Janubiy Variziston viloyati bilan chegaradosh.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mumtoz Zahra Baloch avvalroq xavfsizlikni to‘liq ta’minlash uchun Eron va Afg‘oniston chegaralari saylov kuni yopiq bo‘lishini aytdi.
Pokiston Milliy Assambleyasi va Viloyat Kengashlariga saylovlar uchun ovoz berish 8 fevral, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlandi va 17:00da tugaydi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring