+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 12:39
26

Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinadi

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarimizni bundan ogohlantirdi.

Chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayohat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlar ham uchrab turadi.

Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni ob’ektiv orqali muhrlashga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin.

Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinadi. Ayniqsa, mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi. Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinish mumkin.

Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas. Hozirda Bosh konsulxona fuqarolarimizni ozod etib ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib bormoqda.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта