+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
08-02-2024, 12:23
27

Nigeriyada 88,4 million kishi o‘ta qashshoqlikda yashaydi

G‘arbiy Afrika davlatlaridan biri Nigeriyada 88,4 million kishi o‘ta qashshoqlikda yashaydi.

“Report” xabariga ko‘ra, mamlakat Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi kotibi Temitope Fadeshemi mamlakatda qashshoqlik darajasi xavotir o‘yg‘otayotganini ta’kidladi.

Fadeshemining ta’kidlashicha, 2022 yilga borib o‘ta qashshoqlikda yashayotgan dunyo aholisining 12,9 foizi Nigeriyada yashaydi.

Hukumatning o‘lkada qashshoqlikka qarshi kurashda muhim qadamlar tashlaganligini aytgan Fadeshemi, hukumatning fermerlar bilan hamkorlikda turli dasturlar tashkil qilganini aytdi.

Afrika qit’asining boy neft va tabiiy gaz resurslariga ega bo‘lgan Nigeriyada daromadlar tengsizligi, Boko Haram va boshqa qurolli guruhlarning hujumlari kabi muammolar mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy inqiroz va xavfsizlik muammolari tufayli og‘ir sharoitlarda yashayotgan ba’zi Nigeriyaliklar yaxshi hayot umidida noqonuniy yo‘llar bilan Yevropaga borishga harakat qilmoqda.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта