+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 11:35
25

“G‘azo ishi”da Isroilni yoqlagan ugandalik sudya Xalqaro sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Livanlik sudya Navaf Salam Xalqaro Sudning yangi raisi, "G‘azo genosidi" ishi bo‘yicha chiqarilgan barcha qarorlarda Isroilni yoqlab ovoz bergan ugandalik sudya Julia Sebutinde esa rais o‘rinbosari etib saylandi.

Xalqaro sud sobiq raisi sudya Joan Donoxyu va sobiq o‘rinbosari rossiyalik Kirill Gevorkyan vakolatlari tugaganidan keyin Xalqaro sud sudyalari o‘rtasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yangi rais va uning o‘rinbosari 3 yil muddatga saylandi.

15 sudyadan iborat Xalqaro sudning har bir sudyasi to‘qqiz yillik muddatga xizmat qiladi. Yozma qoida bo‘lmasa‑da, amalda sudyalar orasida rais va rais o‘rinbosarlari lavozimlari rotasiyasi mavjud.

Barcha rezolyusiyalarda Isroilni yoqlab ovoz bergan

Sudya Salam 2018 yilning 6 fevralida Xalqaro sudda o‘z lavozimini egallagan va Xalqaro sudga kirishdan oldin u Livanning BMTdagi elchisi va doimiy vakili bo‘lgan.

Sebutinde esa 2012 yil 6 fevralda Sud a’zosi bo‘lgan. Xalqaro sudga a’zo bo‘lishdan oldin Serra-Leone uchun maxsus sudda sudya bo‘lib ishlagan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта