+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 11:33
24

Nazarboyev jiyanining ishi bo‘yicha Qozog‘iston byudjetiga 98,6 million dollar qaytarildi

Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiulining noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlari bo‘yicha 44,6 milliard tenge (98,6 million dollar)ni byudjetga qaytardi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.



“Qayrat Satibaldiuliga nisbatan davom etayotgan jinoiy ishlar doirasida yaqinda korrupsiyaga qarshi kurash xizmati 44,6 milliard tenge miqdoridagi qo‘shimcha to‘lovni qaytardi”, — deyiladi agentlik xabarida. Aktivlar “davlatga yetkazilgan zararni qoplash uchun” respublika byudjetiga yuborildi.

Qayrat Satibaldiuli 2022 yil martida mansabidan foydalangan holda o‘z vakolatini suiiste’mol qilish va «Kazaktelekom»dan mablag‘larni undirishda gumonlanib hibsga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil may oyida Nursulton Nazarboyevning jiyani ishi bo‘yicha tergov boshlanganidan buyon budjetga 1 milliard dollar qaytarilgani xabar qilingan edi. O‘sha oyda Ostona sudi Qayrat Satibaldiulining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldiulini odam o‘g‘irlashda aybdor deb topgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта