Namangan tumanida chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga zamonaviy chorva kompleksi binosini qurish va mavjudlarini ta’mirlash maqsadida, aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»ning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 5 mlrd. 287 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish va rasmiy hujjatlarni kalbakilashtirish holatlari bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sud muhokamasida ko‘rib chiqish jarayonida Mingbuloq tuman sudi raisi sudlanuvchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlash evaziga, uning otasidan 20 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi so‘ralgan pul mablag‘idan 2 ming AQSh dollarini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinada olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, kredit bo‘yicha yetkazilgan zarar tergov davomida sudlanuvchi tomonidan to‘liq qoplangan bo‘lgan. Hozirda Mingbuloq tuman sudi raisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olganligi holati bo‘yicha, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Boshqa holatda esa Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan Chust tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga mazkur tuman markazida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi qo‘shimcha 2 qavatli binoni hokimiyat tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Chust shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring