+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 11:09
25

“Sharmanda doskasi”ga shaxsning fotosurati va u haqidagi ma’lumotlar joylashtirish inson huquqlariga zid

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024 yil 7 fevral kuni “Navoiyda “Sharmanda taxtasi” paydo bo‘ldi” sarlavhali xabar e’lon qilindi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi qat’iy belgilangan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7 moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqidagi ma’lumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта