+15° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
08-02-2024, 10:42
26

Advokatlik byurolari, firmalari va hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat boji kamaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-905-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

???? Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) hamda yuridik maslahatxonalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish funksiyalari adliya organlaridan Davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazildi.

✅ Shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi, jumladan:

➖advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari ro‘yxatdan o‘tkazilganda davlat boji BHMning 1 baravari etib belgilandi. (Ilgari BHMning 2 baravari edi)

???? Bundan tashqari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlarini, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) ham Davlat xizmatlari markazlarining zimmasiga yuklatildi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта