Chikagodagi Rash universiteti olimlari keksalikda demensiyaning oldini olishning samarali usulini aniqlashdi.
Tadqiqotda o‘rtacha 91 yoshgacha yashagan 586 kishining natijalari tahlil qilindi. Olimlar har bir odamning hayot tarzi va umrining oxirida aqliy qobiliyatlarini demensiyaning nevrologik belgilari, jumladan, miyadagi oqsil plitalari darajasi yoki insult yoki miniinsult natijasida kelib chiqqan qon oqimidagi o‘zgarishlar bilan solishtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sog‘lom turmush tarzini olib borgan odamlarda umrining oxiriga yaqinlashganda, kognitiv qobiliyatning nisbatan yuqori darajasini saqlab qolish ehtimoli ancha yuqori bo‘lgan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, odamning “turmush tarzi reytingi”ning bir ballga o‘sishi ham umr so‘nggida “global kognitiv ball”ning oshishini belgilab beradi.
Mazkur holatga oqsil plitalari va qon-tomirdagi o‘zgarishlar kabi omillar ta’sir ko‘rsatmadi. Boshqacha qilib aytganda, sog‘lom turmush tarzini olib borgan odamning miyasida blyashka to‘plangan yoki qon aylanishi yomonlashgan bo‘lsa ham, aqliy qobiliyat yuqoriligicha qoldi. Faqat amiloid plitalarining to‘planishi, turmush tarzidan qat’i nazar, kognitiv qobiliyatga ozgina ta’sir ko‘rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring