27
Xitoy banki Rossiya importchilari bilan barcha hisob-kitoblarni to‘xtatdi
Xitoyning Chouzhou Commercial Bank (CCB) tijorat banki rossiyalik mijozlar bilan operasiyalar to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Bu haqda «Vedomosti» yozdi.
CCB shu vaqtgacha Xitoy bilan ishlaydigan rossiyalik importchilar uchun asosiy hisob-kitob markazi bo‘lgan.
«Vedomosti» suhbatdoshlariga ko‘ra, bank o‘tgan hafta Rossiya yoki Belarusdagi har qanday tashkilot bilan aloqalarni to‘xtatish to‘g‘risida bildirishnoma yuborgan.
Rossiyalik tadbirkorning nashrga aytishicha, dekabr oyida CCB Rossiyaga G‘arb sanksiyalari tufayli olib kirish taqiqlangan tovarlarning ma’lum ro‘yxati uchun to‘lovlarni to‘xtatayotgani haqida xabar bergan. Bir necha hafta o‘tgach, har qanday to‘lovlar butunlay to‘xtatilganini bildirgan.
Bank nafaqat SWIFT, balki Rossiyaning SPFS va Xitoyning CIPS tizimi bilan ham tranzaksiyalarni to‘xtatgan.
«Vedomosti» manbalari, shuningdek, Xitoyning boshqa banklari ham rossiyalik mijozlar bilan ishlash qoidalarini kuchaytirganini aytdi. Ular, xususan, tovar xaridorining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslar va kompaniyalar bilan aloqasi yo‘qligi va mahsulotlar mudofaa majmuasi ehtiyojlari uchun ishlatilmasligi yoki anneksiya qilingan Qrimga yetkazib berilmasligini tasdiqlashni talab qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring