Bu haqda Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Sun’iy intellektning asosi ma’lumotlardir. Biroq, shuni ta’kidlash kerakki, muammoning ikki tomoni bor, bir tomondan, ma’lumotlar jamoatchilikka ochiq bo‘lishi kerak bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xavfsizlik, maxfiylik va ma’lumotlar sifatini ta’minlash masalasi mavjud. Hukumat tomonidan 87 ta davlat ma’lumotlar bazasidan iborat baza yaratildi. Biroq, bu sun’iy intellektning ilg‘or modellarini yaratish uchun yetarli emas. Shu bois, davlat va tijorat sektorida egasi ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni yig‘ishni davom ettirgan ma’qul”, — dedi Prezident.
Shuningdek, Davlat rahbari ma’lumotlarni boshqarish tizimining yagona arxitekturasini joriy etish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.
“Biz superkompyuter yaratishni boshladik. Undan nafaqat olimlar, balki bozorimizda faoliyat yuritayotgan turli kompaniyalar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ishonchim komilki, bu qadam “katta ma’lumotlardan” keng foydalanishga yangi turtki beradi», - dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring