O‘nlab kitlar Kunashir oroli sohilidagi Rausu shahri yaqinida suzib yurgan muz bo‘laklari iskanjasiga tushib qoldi, deb xabar tarqatdi Yaponiyaning “NHK” telekanali.
Kosatkalar sohildan bir kilometrcha masofada qamalib qolgan, bunga muz harakatga kelishi sabab bo‘lgan. Ayni payt jonivorlar ochiq dengizga chiqolmayapti. Guvohlarning ta’kidlashicha, tuzoqda bir necha kit bolasi ham bor. Mahalliy aholi muz parchalanmagunga qadar kitlar qamaldan chiqolmasligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, 2005 yil shu hududda qamalib qolgan kitlarning ko‘pchiligi halok bo‘lgan.
Ekspertlarning fikricha, qutqarish amaliyotiga “Tesio” muz yorar kemasini jalb qilish kerak.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring