+15° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
07-02-2024, 21:43
27

Livanlik sudya Xalqaro sudning yangi prezidenti etib saylandi

Xalqaro sud matbuot xizmati yangi tayinlovlarni e’lon qildi. Livanlik sudya Navaf Salam Xalqaro sudning yangi prezidenti etib uch yillik muddatga saylandi. ???? Ugandalik sudya Julia Sebutinde uch yillik muddatga Xalqaro Sud vise-prezidenti etib saylandi. Ilgari Xalqaro Sud faqat Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini Falastin xalqiga qarshi genosid deb tan olish uchun Janubiy Afrika nomidan berilgan da’vo arizasida vaqtinchalik choralar ko‘rgan edi. Sud Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatishni talab qilmadi. Biroq sud Isroilning Genosidning oldini olish to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini buzmaslik uchun harakat qilishi kerak degan qarorga keldi. Ushbu qaror uchun 15 nafar sudya, ikki nafari qarshi ovoz berdi - isroillik sudya Aharon Barak va ugandalik sudya Juliya Sebutinde. ❗️ Shuningdek, Gaaga sudi Isroil G‘azo sektori aholisining gumanitar ehtiyojlarini qondirish choralarini ko‘rishi kerak degan qarorga keldi. Bunga faqat hakam Sebutinde qarshi chiqdi. Uganda hukumati o‘zining noroziligini bildirgan maxsus bayonotida, sudya Sebutinde Gaagada faqat o‘zining shaxsiy pozisiyasini bildirganini, mamlakatning emasligini ta’kidladi. ✍️ Sebutinde 2012 yildan beri Xalqaro Sudda ishlaydi. 2005 yildan 2011 yilgacha u Serra-Leone hukumati va BMT tomonidan 1996 yildagi fuqarolar urushi davridagi harbiy jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tashkil etilgan Serra-Leone uchun Maxsus sudda sudya bo‘lgan.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта