+15° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
07-02-2024, 21:38
25

Sobiq prezidentining o‘limi sababli Chilida motam e’lon qilindi

Chilining sobiq prezidenti 74 yoshli Sebastyan Pinyera vertolyot halokatida vafot etdi. Bu haqda Chili Ichki ishlar vazirligi rahbari Karolina Toa o‘zining X’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Chilining ayni damdagi Prezidenti Gabriel Borich mamlakatda milliy motam e’lon qildi va dafn marosimini davlat miqyosida o‘tkazishni buyurdi.

"Men Chilining ikki marta saylangan prezidenti xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildim. Tashqi ishlar vaziri Alberto Van Klaverenni dafn marosimi qo‘mitasiga mas’ul etib tayinladim", – dedi mamlakat prezidenti o‘z murojaatida.

Qayd etilishicha, halokat Lago Ranko kommunasi hududida yuz bergan. Vertolyotni o‘zi boshqarayotgan Pinyera kuchli yomg‘ir paytida boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda u Ranko ko‘liga qulagan. Vertolyotda sobiq davlat rahbaridan tashqari yana uch kishi bo‘lgan, ular omon qolgan va qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar Sebastyan Pinyeraning jasadini suvdan topishgan.

Ma’lumot uchun, Konservator Sebastyan Pinyera ikki marta, 2010-2014 va 2018-2022 yillarda Chili prezidenti bo‘lgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта