Ukraina Oliy Radasi safarbarlik qoidalarini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar berdi «RBK-Ukraina».
Qonun loyihasini 243 deputat qo‘llab-quvvatladi, yana 12 kishi unga qarshi chiqdi, 45 nafari esa betaraf qoldi.
Ushbu qonun loyihasi, jumladan, harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 25 ga tushirishni, shuningdek, elektron chaqiruvni joriy etishni va muddatli harbiy xizmatni bekor qilib, uni bazaviy umumqo‘shin tayyorgarligi bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, hujjatga boshqa o‘zgartirishlar 21 fevralgacha kiritilishi mumkin. Shundan so‘ng, Radada ikkinchi o‘qish bo‘lib o‘tadi. Deputat Yaroslav Jeleznyak qonun loyihasi fevral oyining oxirgi haftasida qabul qilinishi, mart oyi boshida imzolanishi va aprelda kuchga kirishi mumkinligini aytdi.
Qonun loyihasining birinchi varianti Ukraina parlamentiga 2023 yil 25 dekabrda kiritilgan, ammo ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring