+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
07-02-2024, 13:26
31

EI ko‘mir energiyasining 80 foizini AES va shamol energiyasi bilan almashtirmoqchi

Evropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqiga 2040 yilga kelib issiqxona gazlari chiqindilarini 90 foizga kamaytirishni tavsiya qildi. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalari va atom energetikasi texnologiyalarini keng qo‘llash orqali amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Reuters” 2040 yilga mo‘ljallangan yangi maqsad Yevropaning energiya balansini o‘zgartiradi, deb xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ko‘mir energiyasi bosqichma-bosqich to‘xtatiladi va umumiy qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanish 80% ga kamayadi. Uning o‘rnida quyosh, shamol va atom elektr stansiyalari quriladi.

Evropa Komissiyasi, shuningdek, 2050 yilga borib CO2 emissiyasining yuzlab million tonnasini ushlash va saqlash rejalarini belgilab beruvchi hujjatni chop etdi.

Umumiy maqsad Yevropa Ittifoqining iqlim bo‘yicha rasmiy maslahatchilari tomonidan tavsiya etilgan diapazonda bo‘lsada, YEI ijroiya organi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ba’zi tavsiyalarni yumshatdi. Bungacha «yashil» tashabbuslardan norozi bo‘lgan fermerlar tomonidan bir necha bor norozilik bildirilgan edi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта