+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
07-02-2024, 10:18
24

AQShda Davlat departamenti xavfsizlik xizmati xodimi Kapitoliyga bostirib kirganlikda ayblandi

AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xizmati xodimi Kevin Maykl Alstrup 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda ayblanib hibsga olindi.

Reuters xabariga ko‘ra, hujjatlarga ko‘ra, u bino yoki taqiqlangan hududga kirish va unda qolish, tartibbuzarlik va tartibni buzish, shuningdek, Kapitoliy binosida piket o‘tkazishda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 6 yanvarida o‘sha paytda Amerika yetakchisi bo‘lgan respublikachi Donald Tramp tarafdorlari demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongan 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida Kongress binosiga bostirib kirishgan edi. May oyida AQSh Bosh prokurori Merrik Garlend rasmiylar hujumga aloqador bo‘lganlarga nisbatan 600 dan ortiq sud hukmini o‘rnatganini aytdi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта