Gruziya g‘arbidagi Imereti hududida turar-joy binolarini qoplagan ko‘chki oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Imereti viloyatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli to‘rtta turar-joy binosini qoplagan ko‘chki sodir bo‘ldi. Bog‘dot munisipalitetiga qarashli Nergeti qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlari doirasida qutqaruvchilar bir kishini qutqarib, uch kishining jasadlarni xavfsiz joyga olib chiqishdi”, — deyiladi xabarda.
Qutqaruvchilar yana olti kishini qidirishda davom etmoqda. Gruziya Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish xizmati rahbari Teymuraz Mgebrishvili ofat zonasida. Voqea joyida 200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar, maxsus texnika va kinologlar guruhi ishlamoqda, deya qo‘shimcha qildi bo‘lim.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring