+17° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 11 mart)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 940.11 so'm (+21.75 so'mga)
145.62 so'm (+0.97 so'mga)
14 055.55 so'm (+103.72 so'mga)
07-02-2024, 08:26
35

Baykar Kiyevda zavod quradi

Turkiyaning mashhur dronlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Baykar bir yil ichida Kiyev yaqinida 500 ga yaqin kishini ish bilan ta’minlaydigan zavod qurilishini yakunlashi kutilmoqda.

Bu haqda Reuters agentligi kompaniya bosh direktori Haluk Bayraktarga tayanib xabar bermoqda.

"Zavodimiz qurilmoqda, uni yakunlash uchun taxminan 12 oy vaqt kerak, keyin esa ichki mashinalar, uskunalar va tashkiliy tuzilmaga o‘tamiz. Ukrainadagi zavod katta, biz 500 ga yaqin odamni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz", — deya ma’lum qildi Bayraktar Ar-Riyoddagi Butunjahon mudofaa ko‘rgazmasi chog‘ida.

U shuningdek, samaradorlik yiliga taxminan 120 donani tashkil etishini ta’kidladi, ammo Ukraina zavodida ishlab chiqarish qaysi (TB2 yoki TB3) dron modellariga yo‘naltirilishi hali aniq emas.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта