+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
07-02-2024, 08:24
25

Sud Trampni Kapitoliyga qilingan hujum vaqtida “prezidentlik immuniteti”ga ega bo‘lmagan deb topdi

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum vaqtida “prezidentlik immunitetiga” ega bo‘lganini aytib, o‘zining javobgarlikka tortilishini noqonuniy ekanligini ta’kidladi. Biroq, Kolumbiya okrugi federal apellyasiya sudi shikoyatni rad etib, “ushbu jinoiy ish doirasida sobiq Prezident oddiy fuqaro Tramp sifatida” qatnashishini e’lon qildi.

Trampning o‘zi sud qaroriga hali izoh bermadi.

Respublikachilarning AQSh Prezidentligiga ehtimoliy nomzodi bo‘lgan Tramp suddan shikoyatni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi, uni to‘liq holda, hatto AQSh Oliy sudigacha olib borishi mumkin. Ushbu jarayon bir necha oyga, ehtimol noyabr oyining boshida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezidentlik sayloviga qadar cho‘zilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 6 yanvarda saylovda yutqazgan Tramp tarafdorlari ovoz berish natijalarini tasdiqlash vaqtida Kongress binosiga bostirib kirishgan. Tartibsizliklar davomida besh kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin namoyishchilar hibsga olingan. Yuzlab odamlar allaqachon turli xil muddatlarga qamoqqa hukm qilingan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта