+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 22:40
20

Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga oyoq ostiga “qizil gilam to‘shamoqda”

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga oyoq ostiga “qizil gilam to‘shamoqda”. Bunday fikrni tadbirkor Ilon Mask bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Mask avvalroq ham Bayden ma’muriyatini “noqonuniy migrasiyani faol qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qilgan edi. Tadbirkorning hozirgi izohi Senatning Ukrainaga yordam berish va Amerika chegarasini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilinganidan keyin yozildi.

“Bu ma’muriyat va ko‘plab shtatlar chegaralarni qo‘riqlash o‘rniga qizil gilam to‘shamoqda (noqonuniy migrantlar uchun – tahr.)”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.

Dushanba kuni AQSh Senati chegara xavfsizligi, Ukraina va Isroilga yordam uchun pul ajratishni birlashtiradigan qonun loyihasini taqdim etdi. Umuman olganda, qonun loyihasi bo‘yicha 118,28 milliard dollar ajratish taklif qilinadi, shundan 60,06 mlrd dollari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun. Chegara xavfsizligini ta’minlash uchun esa 3 baravar kam – 20,2 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda. Prezident Jo Bayden qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Kongressni uni imkon qadar tezroq qabul qilishga da’vat qildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi respublikachi siyosatchilarning qattiq tanqidiga uchradi. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp fikriga ko‘ra, AQSh Senati tomonidan taqdim etilgan "dahshatli" qonun loyihasi uchun faqat ahmoq yoki radikal demokrat ovoz beradi.

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev, Isroilga yordam ko‘rsatish va AQShning o‘z chegaralarini himoya qilishni o‘zida mujassam etgan qonun loyihasi "kutilganidan ham yomonroq" va tashabbus muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта