+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 22:24
30

Ukrainada harbiy holat yana uch oyga uzaytirildi

Ukraina parlamenti Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin e’lon qilingan harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga – 13 maygacha uzaytirdi.

Prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan Oliy Radaga kiritilgan tegishli qonun loyihasini 355 deputatdan 335 nafari qo‘llab-quvvatladi, 20 nafari ovoz bermadi, deb yozdi «Ukrainska pravda».

Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik muddati o‘ninchi marta uzaytirilmoqda.

Ukrainada harbiy holat davrida amaldagi qonunchilikka ko‘ra, prezident, parlament va mahalliy saylovlar o‘tkazish taqiqlanadi. 2024 yil mart oyida Ukrainada prezidentlik saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 2023 yil avgust oyi oxirida Zelenskiy agar urush davrida keyingi yil saylov o‘tkazilsa, yana Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Biroq, noyabr oyi boshida Zelenskiy hozir saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish vaqti emasligini aytdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта