Rossiya bilan mojaro tugagandan so‘ng Ukraina mamlakatni tiklashdan maksimal foyda olish uchun manfaatdor bo‘lgan yirik Amerika kompaniyalari qo‘lida qoladi. Bu haqda AQSh dengiz piyoda askarlarining iste’fodagi kapitani Metyu Xo "Daniel Davis / Deep Dive" YouTube kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Taxminan bir yil oldin Ukrainada mamlakatni tiklash mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tgan. Bu holat G‘arbdagi ko‘pchilik uchun mukofotdir. Ularga Ukrainaning g‘alabasi qiziq emas. <...> Uoll-strit Ukrainaga kirish va tiklashni o‘z zimmasiga olish uchun mojaroga chek qo‘yishni orzu qiladi”, – dedi u.
Xoning ta’kidlashicha, natijada mamlakat og‘ir ahvolda qolgan va G‘arb davlatlaridan oladigan mablag‘larni to‘lashi kerak.
"Barcha nuqtai nazardan bu dahshatli", – deb xulosa qildi ekspert.
Avvalroq shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan "BlackRock" investisiya kompaniyasi Ukrainani qayta tiklash uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishi haqida OAV larda yozishgan edi. Qayd etilishicha, Ukraina hukumati ushbu firmaga rekonstruksiya yo‘l xaritasi bo‘yicha maslahatlar uchun saxiylarcha pul to‘layotgan ekan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring