Istanbuldagi sudga uyushtirilgan hujum chog‘ida besh kishi, jumladan, uch nafar polisiyachi yaralgan.
“Bugun Chag‘layandagi Istanbul sudi binosi yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilishga urinish bo‘ldi. Ikki hujumchi, bir ayol va bir erkak halok bo‘lgan. Besh kishi, jumladan, uch polisiyachi yaralangan”, – dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya.
Unga ko‘ra, hujum qilganlar Turkiyada terrorchi sifatida tan olingan so‘l radikal DHKP-C partiyasi a’zolari bo‘lgan.
Hozir sud binosi polisiya tomonidan o‘rab olingan, kirish va chiqishlar yopilgan, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Otishmadan so‘ng o‘tkinchilar vahimaga tushishdi. Ko‘pchilik qochib keta boshladi, ba’zilari yerga yotishdi. Voqea joyiga Istanbul bosh prokurori yetib keldi. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring