+19° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
20-01-2024, 09:45
49

Qosim-Jomart Toqayev Vatikanda Rim papasi bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Vatikanda katoliklarning ma’naviy yetakchisi Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.

Prezident ma’muriyatidan berilgan bayonotga ko‘ra, Tokayev Italiyaga tashrifining ikkinchi kuni Rim papasi bilan uchrashgan.

Uchrashuv chog‘ida Tokayev ko‘p konfessiyali Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik katolik jamoati istiqomat qilishini aytdi.

“Mamlakatimizda turli din vakillari o‘z diniy burchlarini o‘z ziyoratgohlarida bajarishlari mumkin. Diniy erkinlik huquqini himoya qilish siyosatimizning ajralmas qismidir”, - dedi u.

Rim papasi Tokayevga tinchlik va barqarorlikka qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tokayev Vatikanning davlatlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibi (tashqi ishlar vaziri) Pol Richard Gallager bilan ham uchrashdi va Vatikan muzeyiga tashrif buyurdi.
Top.Mail.Ru Анализ сайта